
Bu jamoa bir urinishda Muhammad Saloh va Virjil van Deykni olib ketadi
“Liverpul”ning ikki etakchisi – to‘purar Muhammad Saloh va markaxiy himoyachi Virjil van Deyk mavsum yakunlanganidan keyin Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin.
Caught Offside nashrining yozishicha, “Al-Ahli” klubi ayni paytda 32 yoshli misrlik hujumchi bilan hamkorlik bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Saudiyaliklar Muhammad Saloh masalasini ijobiy hal qilganidan keyin “qizillar”ning 33 yoshli himoyachisi Virjil van Deyk bilan muzokara boshlashni reja qilgan.
“Al-Ahli” ikki mashhur futbolchiga uch yillik shartnoma beradi. Bundan tashqari, ular klub bilan o‘zaro kelishgan holda bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniga ega bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, Evropaning grand klublari orasida ham bu ikki yulduzga ish berishga tayyorlari bor. Lekin ular maosh miqdori masalasida Saudiya Arabistoni klublari bilan raqobatlasha olmaydi.
Fikrlar