
Bu jamoada Messiga o‘rin yo‘q!
Futbolchilik davrida Lionel Messi bilan birga “Barselona” sharafini himoya qilgan Xavi Ernandes hozir bosh murabbiy sifatida qadrdon jamoasining avvalgi mavqeini tiklashga harakat qilmoqda.
Yaqinda Messi ham Kataloniyaga qaytish uchun harakatni boshlagani haqida xabarlar tarqala boshlagandi. Biroq, Xavi o‘zi boshqarayotgan jamoada Messiga o‘rin bermoqchi emas. Ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida bu masalaga va ashaddiy raqib – “Real” Kilian Mbappe va Erling Xolandni olishga harakat qilayotgani haqidagi savollarga javob berdi.
- Hozircha Mbappe va Xoland bo‘yicha biror aniqlik yo‘q. Shuning uchun bu haqjda gapirishni o‘zimga ep ko‘rmayman. “Barselona” ayni paytda jamoa bir shaxsdan ustun bo‘lgan loyiha ustida ish olib bormoqda. Agar ular jamoa uchun o‘ynasa bu yaxshi.
“Barsa” kelasi mavsum uchun jiddiy loyiha tayyorlayapti. Men kimni tanlayman: pressingda qatnashmaydigan superyulduznimi yoki yugirib, raqibga bosim qiladigan mehnatkash o‘yinchinimi? Jamoamizda pressingda qatnashmaydigan ijrochi bo‘lishi mumkin emas. Bosim o‘tkazish, o‘yinimiz poydevori, - dedi Xavi.
Mutaxassislar Xavining bu gaplari Messining qaytishi haqidagi xabarlarga javob bo‘lganini ta’kidlamoqda. Bundan kelib chiqib, Messining o‘yin uslubi Xavi qurayotgan jamoaga umuman mos kelmaydi.
Fikrlar