Bu katta dars bo‘ldi

  • 23 mart, 2022, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem”dan ijara asosida “Lion”ga o‘tgan frantsiyalik yarim himoyachi Tangi Ndombele faoliyati haqida fikr bildirdi.

Tecno

O‘ylashimcha, hozir Angliyaga ketgan davrimga qaraganda, ancha yaxshi futbolchiman. Garchi u erda hammasi silliq ketmagan bo‘lsa-da, men ko‘p narsani o‘rgandim. Hozir o‘zimni ham ruhan, ham jismonan tetikroq sezyapman, - dedi Ndombele.

“Tottenxem” 2019 yili Ndombeleni “Lion”dan rekord darajadagi summaga transfer qilgan edi. Biroq, iste’dodli futbolchi “shporlar”ning asosiy o‘yinchilari qatoriga kira olmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Lion” o‘z tarbiyalanuvchisini yana bir mavsum olib qolishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!