
Bu mamlakat terma jamoasida politsiyachilar ham o‘ynaydi
Bruneyning eng kuchli klubi - "Duli Pengiran Muda Maxkota" (DPMM) va Qirg‘iziston terma jamoasi yarim himoyachisi Baxtiyar Duyshobekov Bruney terma jamoasida kimlar o‘ynashini aytib o‘tdi.
-Rossiya nashrlarida futbol Bruney terma jamoasi o‘yinchilari uchun yagona kasb emasligi haqida o‘qidim. Bu chindan ham haqiqat. Biz futbolchilar bilan o‘zaro muloqot qilamiz. Bruneydagi futbolchilarning taxminan yarmi uchun ish yoki ta’lim birinchi o‘rinda, futbol esa ikkinchi o‘rinda. Ammo shunga qaramasdan ular o‘zlarini professional futbolchilar deb hisoblashadi. Bizningcha, professionalning asosiy ishi futbol bo‘lishi kerak, ammo bu erda tushunchalar biroz boshqacha. Murabbiylar ham, futbolchilar ham. Talabalar darslar yoki imtihonlar tufayli mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishlari mumkin. Bu biz uchun g‘alati, lekin ular o‘qish muhimroq deb hisoblaydilar.
- Jamoadoshlaringiz nima qilishadi?
- Turli sohalarda ishlashadi. Kimdir ofis xodimi, yana kimdir IT-mutaxassisi. Oramizda politsiya xodimlari ham bor.
Manba: www.championat.com
Ma’lumot uchun, Bruney terma jamoasi bugun mehmonda Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da boshlanadi.
Fikrlar