
Bu o‘yinchi ko‘zimga ko‘rinmasin!
“Manchester Yunayted” mutasaddilari ijaradan qaytayotgan qimmatbaho o‘yinchi Jeydon Sancho kelajagini tezroq hal qilishiga to‘g‘ri kelyapti.
Mavsumni ijara asosida “Chelsi”da o‘tkazgan angliyalik hujumkor futbolchi “aristokratlar” bilan doimiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi va o‘zi tegishli bo‘lgan “Manchester Yunayted”ga qaytadigan bo‘ldi.
Mirror nashrining ta’ikdlashicha, “Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim yaqin o‘tmishda ko‘plab grand klublarning orzusi bo‘lgan o‘yinchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamayapti.
25 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga o‘nta golli pas uzatdi.
Jaydon Sancho “Manchester Yunayted”da eng katta maosh olayotgan o‘yinchilardan hisoblanadi. Uning haftalik moyanasi 300 ming funtni tashkil qilmoqda. Shu bois, klub rahbariyati yana bir yillik shartnomasi bor futbolchidan imkon qadar tezroq qutilmoqchi.
Fikrlar