
Bu o‘yinchi Ronaldudan ko‘p gol urishga qodir
Krishtianu Ronaldu futbol tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchi sifatida tan olingan. Shuningdek, Lionel Messi ham to‘purarlik borasida o‘zini ko‘rsata olgan.
“Bu ikki buyuk futbolchi natijasini takrorlay oladigan o‘yinchi bormi?”, - degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi.
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne jamoadoshi Erling Xoland to‘purarlik rekordlarini takrorlashga qodir ekaniga ishonmoqda.
- Xoland hozirning o‘zida 200 ga yaqin gol urgan. Hozirgidek davom etsa, 800 ta to‘p kiritishni uddalaydi. Chunki u top-darajadagi hujumchi, - dedi Kevin de Bryuyne.
Fikrlar