
Bu qiziq. 31 yoshli Falkao chempionatning 3-ta turida 5ta gol urishga erishdi
Frantsiyaning “Monako” klubi hujumchisi Radamel Falkao yangi mavsumni daxshatli tarzda boshlamoqda.
Aniqrog‘i, kolumbiyalik futbolchi kecha bo‘lib o‘tgan “Metts”ga (1:0) qarshi bahsda ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Qayd etish lozimki, ushbu gol Falkaoning o‘tgan 3ta turda kiritgan 5-goli bo‘ldi.
Ayni damda 31 yoshli forvard Frantsiya chempionati to‘purarlik poygasida o‘zining eng yaqin ta’qibchisi "Lion" vakili Mariano Diasni (3ta gol) 2ta golga ortda qoldirmoqda.
Fikrlar