Bu transfer "Yunayted"ni yangi darajaga olib chiqishi mumkin!

  • 26 iyul, 2021, 12:45
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

SPORTS.uz deyarli amalga oshishi aniq bo‘lib ulgurgan Rafa Varanning "Manchester Yunayted"ga transferi borasida fikr almashadi. Xo‘sh, bu transferdan kimga ko‘proq naf?

Aslida, 2019 yilda hal bo‘lishi kerak edi...

Hisob-kitob bo‘yicha, Varanning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z yakuniga etadi. Agar "Qirollik klubi" uning transferidan pul ishlab olmoqchi bo‘lsa, hozir uni sotuvga qo‘yish uchun so‘nggi imkoniyat. Vaholanki, Varan va Ramosning bir vaqtda jamoani tark etishi, "qaymoqranglilar" uchun katta muammolar keltirib chiqarishi aniq.

Aslida, 2019 yildayoq frantsuz boshqa jamoaga o‘tish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. 3 bor ketma-ket EChL sovrinini yutgach, qahramonimiz yangi chaqiruvlarga muhtoj ekanligini sezgan bo‘lsa, ne ajab?! U deyarli 10 yildan beri Madrid klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. 360 o‘yin 18 sovrin! "Real" Varanga, Varan "Real"ga bera oladigan hech narsa qolmagani rost.

Zerikib qolgan Rafa boshqa jamoaga o‘tish orqali, o‘z faoliyatida yangi sahifa ochishi mumkin. Yangi o‘yin uslubi, yangi iqlim, yangi shahar, yangi olam, yangi jamoadoshlar, yangi murabbiy, yangi klub... Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Varan 2019 yildayoq boshqa klubga o‘tishga qaror qilgan edi, ammo Zidanning qaytishi vaziyatga ta’sir ko‘rsatdi. Zizu ketgach, uni Madridda ushlab qoladigan boshqa omil qolmadi.

Aynan Zidan klub sport direktori vazifasida ishlab yurgan chog‘lari Varan bilan bog‘langan, unga ishonch bildirib Madridga chorlagandi. Keyin murabbiy sifatida Rafani asosiy himoyachiga aylantirdi. Qisqa muddatda dunyo darajasidagi yulduzlar qatoriga qo‘shilishida ko‘mak berdi. Boz ustiga, Varanni doimo qo‘llab-quvvatlab turgan Serxio Ramos ham endi tarkibda emas. U frantsuz bilan hosil qilgan tandem endi yo‘q. Do‘ppini qo‘lga olib o‘ylab qarasak, Varanni "Real"dan ketishi mantiqan to‘g‘ri qaror.

g34kgo34kg3kgk3gg

Varan bir oyog‘i bilan Manchesterda

Qahramonimizni "Real"da olib qolishga qodir hech qanday omil yo‘q, ammo ayyor Peres boboni unutmaslik lozim. Ishi bitishi uchun qo‘lidagi barcha qartalarni o‘yinga tashlashni hush ko‘radigan prezident so‘nggi chorani qo‘llaydi. Bugun "Real" futbolchilari ta’tildan qaytdi. Eski qadrdonlarning qadrini biladigan Karlo Anchelotti uni jamoa bilan yangi bitim imzolashga ko‘ndirishga urinadi. Bu birinchi navbatda Peresning Karlo otaga qo‘ygan talabi. Ikkinchidan Anchelotti ham tayyor kadrni qo‘ldan boy berish niyatida emas.

Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, agar reja barbod bo‘lsa, "Real" markaziy himoyachi uchun transfer bozoriga tashrif buyurmaydi. Markazda Eder Militao - David Alaba tandemi birinchi planga ko‘tariladi. Ularning ortida universal Nacho bor. Shuningdek, "Kastilya"dan Chust va Xila qo‘shimcha kuchga aylanadi. "Real" yozda bor e’tiborini Kilian Mbappening transferiga qaratmoqchi. Peres hujum chizig‘ida yulduzlarsiz "Real" brendi qadrsizlanib qoladi, deb hisoblamoqda. Bir qarashda, uning fikri to‘g‘ridek tuyulmoqda.

"Yunayted"ga bundan nima naf?

Tan olish lozim, "qizil iblislar"ning tarkibi fantastik ko‘rinishda! Yosh va shakllanib borayotgan "kollektiv" bir necha yildan beri kuchsiz markaziy himoya sababli sovrinlarni qo‘ldan boy bermoqda. Maguayr-ku mayli, ammo Bayi va Lindelof top darajadagi himoyachilar qatoriga kirmaydi. "Yunayted" qo‘l ostidagi birorta mudofaa vakilli Xarri bilan kuchli tandem hosil qilishga qodir emas.

fk34ofk43okfk3f

Lindelyof va Bayining fonida Varan deyarli benuqson futbolchi. Faoliyatida birorta sovrin yutmagan qaerda-yu, JCh va EChL oltin medallari egasi qaerda?! Varan so‘nggi 5 yil ichida bir futbolchi orzu qilgan barcha yutuqlarga ega chiqdi. U o‘z kuchiga ishongan, muhim bahslarda katta sahnaga chiqishdan "cho‘chimaydigan" yigit. Yodingizda bo‘lsa, Virjil van Deykning kelishi, "Liverpul"ni yangi darajaga ko‘tarilishiga sabab bo‘lgandi. Yurgen Klopp o‘z jamoasining so‘nggi qismini topgach, APL va EChLda zafar quchganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Rafa ham "Yunayted"ning Virjiliga aylanishga qodir. Nima deb o‘ylaysiz, bu transfer "Manchester Yunayted"ning yangi darajaga ko‘tarilishi uchun ko‘mak beradimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umid Khaydarov
26/07/2021 11:15
Yo harfi kirilchada Ё yoziladi