Bu yilgi Toshkent xalqaro marafonida ishtirokchi davlatlar soni 32 taga etadi

CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston engil atletika federatsiyasida mazkur musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tecno

Unda Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Engil atletika bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi, O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi mutasaddilari va OAV xodimlari qatnashdi. Tadbirda so‘z olgan federatsiya raisi o‘rinbosari Kamoliddin Usmonov bu kabi ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish mamlakatimiz aholisi, xususan, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi. Shundan so‘ng federatsiya bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov tashkiliy jarayon, trassa, ishtirokchi davlatlar, mukofot jamg‘armasi, ro‘yxatdan o‘tish tartibi va shu kabi asosiy masalalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, VI Toshkent xalqaro marafoni mamlakatimizda tashkil etiladigan yagona World Athletics Label darajasidagi tadbir hisoblanadi. Bu gal ishtirokchi davlatlar geografiyasi kengayib, 32 mamlakatdan mohir yuguruvchilar bahs olib borishi kutilmoqda. Dasturga ko‘ra, poygalar marafon (42 km, 195 metr), yarim marafon (21 km), shuningdek, 3 va 10 km masofalarga yugurish yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. Qolaversa, uning doirasida bolalar uchun “Kids Run” va skandinavcha yurish bo‘yicha bellashuvlar ham tashkil etilishi kutilmoqda. Yana bir ahamiyatli tomoni, bu yil sovrin jamg‘armasi 720 million so‘mga oshirilmoqda.

Anjuman davomida OAV xodimlari qatnashishi kutilayotgan taniqli sportchilar, doping sinamalari, tadbir oldidan tashkil etiladigan press-tur va unga ko‘ngillilarni jalb qilinishi kabi mavzularda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!