Bu yulduzni ikki yuz million evroga ham sotmaymiz

  • 29.03.2026 08:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesliga chempioni “Bavariya” klubining kuzatuv kengashi a’zosi Uli Hyones jamoa qanot hujumchisi Maykl Oliseni yozgi transfer oynasida sotish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

Avvalroq fransiyalik futbolchiga Angliya Premier-ligasi klublari qiziqish bildirgani xabar qilingan edi.

- Biz bu o‘yinni muxlislarimiz uchun o‘ynaymiz. Bizda 430 ming a’zo bor, butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarimiz mavjud. Oliseni sotish orqali 200 million evrodan ko‘roq mablag‘ga ega bo‘lganimiz bilan har hafta yomonroq o‘ynasak, bu ularga foyda keltirmaydi, - dedi Hyones.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi vingerini sotib olish uchun “Liverpul” favrit hisoblanadi. Angliya chempionlari Oliseni mavsum oxirida jamoadan ketishini e’lon qilgan Muhammad Saloҳ o‘rniga olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!