
Buffon faoliyatini yakunlamoqchi emas
Turinning "Yuventus" klubi darvozaboni Janluiji Buffon kelasi yoz faoliyatini yakunlamoqchi emas.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 41 yoshli italiyalik posbon o‘zini yaxshi his qilmoqda va yana bir mavsum yuqori darajada o‘ynashga kuchi etishiga ishonmoqda.
Buffon hozircha bu masalada yakuniy qarorga kelgani yo‘q, biroq “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirishni jiddiy o‘ylamoqda.
Ma’lumot uchun, Buffon joriy mavsum turinliklar safida jami 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 2 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar