Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Buffon: "Italiya chempionati kuchli ligalarga o‘tish uchun tramplin bo‘lib qolgan"

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Afsona chempionat darajasi tushganini aytdi

Italiya futboli va "Yuventus" afsonasi Janluiji Buffon A Seriyadagi futbol darajasi haqida fikr bildirdi.

"Futbol o‘zgardi. A Seriya endi avvalgidek futbolchilar uchun nishon emas. Endi Italiya chempionati kuchli ligalarga o‘tish uchun tramplin bo‘ldi. Futbolchilarimizning APLga ketishi ijobiy holat hisoblanadi. Shu tufayli ular o‘z darajasini oshirmoqda", - deya Janluiji so‘zlarini keltiradi Beln Sports.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Italiya chempionatida "Napoli" skudettoni qo‘lga kiritgan edi. Turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni Milanning "Inter" klubi egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni "Atalanta" yakunlab berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q