Buffon va De Rossi Evro-2020 da ishtirok etishi mumkin

  • 22 oktabr, 2019, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini “Skuadro Adzurra”ning faxriylari - Janluiji Buffon va Daniele De Rossini Evro-2020 final bosqichiga olib bormoqchi.

“Men Buffon va De Rossi uchun xayrlashuv uchrashuvini tashkil etish bo‘yicha Italiya futbol federatsiyasi prezidenti bilan kelishuvga erishdim. Agar buni tashkil eta olsak, ajoyib ish bo‘lar edi. Bu o‘yin Evropa chempionatida sodir bo‘lishi mumkinmi? Ko‘ramiz”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, 41 yoshli Buffon 2018 yilning martidan buyon terma jamoaga chaqirilmayapti. 36 yoshli De Rossi esa 2017 yilning noyabridan buyon “Skaudro Adzurro” libosida o‘ynagani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!