
Buffon "Yuve"dan ketadimi? Uning agenti bu haqidagi savollarga javob berdi
"Yuventus" golkiperi Janluiji Buffonning agenti Italiyaning mashxur "Tuttosport" nashriga bergan intervyusida joriy yilning mart oyida mijozining klub bilan yangi kelishuv imzolashi masalasiga oydinlik kiritilishini aytib o‘tdi.
"Buffon kelajak rejalari haqida bir qarorga kelib bo‘lgan deb o‘ylamayman. Mart oyida ushbu masala bo‘yicha klub rahbariyati bilan uchrashamiz. U Turinda baxtli, uning yoshi 42 da, lekin o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Jiji Parijda ajoyib mavsumni o‘tkazdi, uning o‘yinini tomosha qilish uchun bir marotaba "Yuventus"ning sport ishlari bo‘yicha direktori Fabio Paratichi kelgan edi.
Unga bir qancha klublardan taklif bor edi, ammo "Yuventus"dan ko‘ng‘iroq barchasini o‘zgartirib yubordi", - deydi agent.
Fikrlar