Buffonning o‘rnini “Barsa” posboni egallaydi

  • 10 fevral, 2021, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati “Barselona”ning ikkinchi posboni Netoni yana Turinga qaytarishni rejalashtirmoqda.

31 yoshli braziliyalik golkiper “Yuventus”ning eng yoshi katta futbolchisi hisoblangan Janluiji Buffonga o‘rinbosar sifatida qaralmoqda. Mavsum oxirida Buffon faoliyatini yakunlashi mumkinligi aytilyapti.

Netoning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq, 10 million evro to‘lagan jamoa uni qo‘lga kiritishi mumkin. Qishki transferlar vaqtida “Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman Netoning “Arsenal”ga transferini to‘xtatib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!