
Bugun "An-Nasr" o‘ynaydi. Masharipov qaydnomada bormi?
Bugun Saudiya Arabistoni chempionati 23-tur o‘yinlari start oladi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "An-Nasr" klubi safarda "Al-Feyha" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. Mahalliy nashrlarning yozishicha, vakilimiz bugungi bahs qaydnomasidan o‘rin egallagan.
Fikrlar