Bugun APL start oladi. Yangi mavsumda bizni qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

  • 12 sentabr, 2020, 09:29
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun Angliya Premer-ligasida yangi mavsum start oladi. Kun doirasidan 4 ta o‘yin o‘rin olgan bo‘lib, "Futbol TV" telekanali "Arsenal" va "Liverpul" ishtirokidagi ikki uchrashuvni jonli efirda namoyish etadi.





VAR tizimidagi o‘zgarish

Endi videoassistent referi tizimi penalti tepish jarayonini ham diqqatlik bilan kuzatib boradi. Darvozabon chiziqni kesib o‘tsa yoki futbolchilardan biri jarima maydoni ichiga kirib borsa, vaziyatga VAR aralashadi.

5 ta o‘zgarishdan voz kechish

Karantindan so‘ng boshqa chempionatlarda bo‘lgani singari APLda ham 5 ta o‘zgarish qilishga ruxsat etilgan edi, ammmo APL klublarining mavsum oldi yig‘ilishida eski formatdagi 3 ta o‘zgarish qilishga kelishib olingan edi.

Irqchilikka o‘rin yo‘q

Bu mavsum futbolchi va hakamlar ekipirovkasida "Irqchilikka o‘rin yo‘q" nomli yozuv tushiriladi. Ilk marta bunday shiorlar liboslarda aks etishi kutilmoqda. 

Qishki tanaffusdan voz kechish

Bu mavsum fevral oyida bo‘ladigan ikki haftalik tanaffusdan voz kechildi va tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Shuningdek, Angliyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuzaga kelgan taqdirda, chempionat to‘xtatilishi mumkin va agarda, taqvimdagi 50 % o‘yinlar o‘tkazilib bo‘lingan bo‘lsa, to‘xatilgan vaqtdagi turnir jadvali yakuniy sifatida qaraladi va g‘olib hamda sovrindorlar aniqlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!