Bugun Bahodir Jalolov O‘zbekiston chempionatida ringga ko‘tariladi (juftliklar)

  • 8 dekabr, 2022, 12:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, 8-14 dekabr kunlari Toshkentdagi "Yunusobod" sport kompleksida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu safargi chempionatda bir qator nomdor bokschilar ishtirok etmoqda.

Tecno

Bugun chempionat start oladi va soat 17:00 da ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning ilk kunidayoq jahon va Osiyo chempioni, Olimpiada o‘yinlari g‘olibi, surxondaryolik Bahodir Jalolov Xorazm viloyati vakili Jamshid Xudoyberganovga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang tahmiman 18:00 dan so‘ng start oladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa janglari 14:00 dan boshlanadi va Uzreport TV kanali orqali namoyish etiladi.

photo_2022-12-08_12-12-46

photo_2022-12-08_12-12-57

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!