
Bugun Bolgariyada 7 nafar bokschilarimiz ringga ko‘tariladi
Ayni kunlarda Bolgariyada boks bo‘yicha “Stranja” turniri davom etmoqda. Kecha, bir hator hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazib, ijobiy natijalar qayd etgan edi.
Bugun ham bir nechta yurtdoshlarimiz ringga ko‘tariladi. Jumladan, 75 kg vazn toifasida Mavluda Mavlonova qozog‘istonlik Nadejda Ryabetsga qarshi jang qilsa, 57 kgda terma jamoamiz etakchisi Mirazizbek Mirzaxalilov armanistonlik Artur Gazaryan bilan bahs yuritadi.
Shuningdek, 63 kgda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev Qozog‘iston vakili Samatali To‘ltaevga, 69 kgda Bobousmon Boturov kosovolik Patriot Bexramiga, 81 kg vaznda Dilshodbek Ro‘zmetov Armaniston vakili Xambardzum Xakobyanga, 51 kg vaznda Tursunoy Rahimova shvetsiyalik Tove Lindbergga, 57 kgda Yodgoroy Mirzaeva esa irlandiyalik Michela Uolshga qarshi ringga ko‘tariladi.
Mazkur janglarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar