Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar ro‘yxati bilan tanishing

  • 08.01.2026 05:33
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Bugun Angliya Premier-ligasi hamda Italiya A Seriyasida navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. APLda chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Arsenal" o‘z uyida "Liverpul"ni qabul qiladi. Apenin yarim orolida esa "Milan" "Jenoa"ga qarshi bahs olib boradi.

Shuningdek, Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Real Madrid" — "Atletiko Madrid" klublari o‘rtasidagi bellashuv bo‘lib o‘tadi. G‘olib finalda "Barselona" bilan bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

Quyida bugungi uchrashuvlar to‘liq ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

APL | 21-tur
01:00 "Arsenal" – "Liverpul"

Ispaniya Superkubogi | 1/2 Final
00:00 "Atletiko Madrid" – "Real Madrid"

Fransiya Superkubogi | Final
23:00 PSJ – "Marsel"

A Seriya | 19-tur
22:30 "Kremoneze" – "Kalyari"
00:45 "Milan" – "Jenoa"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!