Bugun "Chelsi" kuchliroq edi yoxud Lempardning oxiriga etmay qolgan rejasi

  • 19.04.2023 07:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" Chempionlar ligasida chorak finalga kelib to‘xtadi. Lodonliklar mazkur bosqichda "Real"ga qarshi o‘ynab, umumiy 4:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. "Stemford Brij"da bo‘lib o‘tgan o‘yinda Lempard shogirdlari 2 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.

Angliyalik mutaxassisning o‘yin uchun tanlagan tarkibi biroz muxlislarning g‘azabini qo‘zg‘agan bo‘lsa ajab emas. Sababi, u 3-5-1-1 taktikasi bilan matchni boshladi. Qiziqarlisi, "Chelsi" tarkibida bitta ham vinger yoki  to‘qizlik hujumchi yo‘q edi (tarkibda bu pozitsiya uchun futbolchi ham mavjud emas). Ho‘sh, Lempard nimani o‘yladiki, bunday tarkib bilan sobiq EChL chempionini engmoqchi bo‘ldi. Jamoa birinchi bo‘lib gol urishi va kambek uchun harakat qilishi zarur. Bunday paytlarda odatda hujumkor o‘yinchilar soni ko‘proq bo‘lishi kerak emasmidi?

FuA89W_WcAAfgv5

Lempardning birinchi maqsadi bu Vinisius va Benzema juftligiga qarshi nimadir qilish bo‘ldi. Ha, bu rostan ham o‘hshadi. Maydonda Fofana, Jeyms va Entso Vinini zararlantirishga harakat qildi va futbolchilar buni uddalay oldi ham. Biz bugun braziliyalik vingerni mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlaridan biriga guvox bo‘lganimiz yo‘q. Benzema esa "Real" tarkibidagi eng kam ball to‘plagan o‘yinchilar orasida bor edi. Frenkning birinchi g‘oyasi ish berdi. Ammo jamoa gol urishi ham kerak edi. Umuman olganda, mezbonlarda nisbatan ko‘proq va yaxshiroq imkoniyatlar bo‘ldi. Misol uchun, birinchi taym so‘nggida Kurtuaning mana bu seyvini olaylik.

FuBYJXFXgAU0jCq

Yoki Kantening foydalana olmagan vaziyatiga e’tibor qarating.

FuBOyv-WwAEjIIa

Tassavur qilamiz, mana shu epizodlarda to‘p darvozadan joy olganda, o‘yin o‘zgarib ketishi ham mumkin edi. Sababi, "Chelsi" raqiblarning ikki asosiy hujumchilariga nafas olishga bermayotgandi. "Qaymoqranglilar" darvozaboni uchrashuvda 6 marta seyv amalga oshirdi. "Chelsi" himoyaviy ko‘ringan tarkib bilan tushib, 19 ta zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. "Real" esa ko‘p imkoniyatga ega bo‘lgani yo‘q. Nisbatan xavfliroq bo‘lishi mumkin, lekin son bo‘yicha "ko‘klar" oldinda edi. 

Dastlabki gol Rodrigoning harakatlari va Chalobaning "qovuni"dan keyin yaratildi. Aynan mana shu erda Vinisius o‘z nomiga assist yozdirib oldi. Bu uning maydondagi eng yaxshi harakati edi. 

FuBelh5WwAM-Z1A

Goldan keyin "Chelsi" futbolchilarining shashti ham pasaydi. Rodrigoning goli mezbonlarga ta’sir qildi va Lempard 10 daqiqadan so‘ng Sterling, Mudrik va Felishni o‘yinga qo‘shdi. Mana shu joyida uning taktikasi buzildi. Murabbiy buyog‘iga tavvakal qilib, hujumkor futbolchilarni uchrashuvga qo‘shdi va oradan ko‘p o‘tmay ikkinchi gol ham kiritildi. 

Umuman olganda, Lempard "Real"ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lib chiqdi. Xatto Benzema o‘yindan olinayotgan payt biroz jahli ham chiqdi. Hujumchi bugungi o‘yinidan norozi. Bunga esa Frenkning qarorlari sabab bo‘ldi. To‘g‘ri, birinchi bahsda ikkita to‘p farqi mehmonlarning  hotirjamroq bo‘lishiga sabab bo‘lishi ham mumkin, lekin "Chelsi" ikki kun avval "Brayton"ga qarshi qanday o‘ynaganini eslang. Frenkning ishlari asta-sekin ko‘rinib bormoqda. Shunday bo‘lsa-da, mutaxassisga endi qiyin bo‘ladi. Vaqt kam. 

gettyimages-1251959599-2048x2048 

"Chelsi" endi bu mavsumdan umid qilmasa ham bo‘ladi. Klub EChLni tark etdi, kuboklar qo‘ldan ketdi. APLda evrokuboklarga yo‘l olish uchun kurashib ko‘rsa bo‘ladi. Ammo "aristokratlar"ni oldinda qiyin taqvim kutmoqda. Lempard uchun muammolar ko‘paydi. Klubning deyarli maqsadi qolmadi va futbolchilarni bunday kayfiyati bilan keyingi bahslarga tayyorlash missiyasi uning oldida. Hech qanday motivatsiyasi qolmagan va muvaffaqiyatsizliklar girdobiga tushib qolgan London klubi mavsumni qanday yakunlashi men uchun qiziq. Ko‘ramiz, kuzatamiz! 



                                                                                                                       Suhrob Xolbekov maqolasi 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!