Bugun Evropa Ligasi chorak final javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi
Bugun Evropa Ligasi doirasida chorak finalning javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Kun dasturidan o‘rin olgan barcha o‘yinlarda intriga saqlanib turibdi.
Zagrebdan minimal hisobda qaytgan "Vilyarreal" javob uchrashuvida "Dinamo"ning bosimiga qarshi turishga harakat qiladi.
"Manchester Yunayted" Ispaniya janubidan ishonchli hisobdagi g‘alaba bilan qaytgan. Javob uchrashuvida "Granada" 2 ta to‘plik farqni yo‘qqa chiqarishi talab etiladi.
"Ayaks" o‘z uyida arzimagan daqiqalar ichida g‘alabani boy berib qo‘ydi. Rimdagi "Olimpiko" stadionida ushbu bosqichning eng katta qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tishi kutilyapti.
Mikel Artetaning "Arsenal"i qanchalik urunmasin, Pragada "Slaviya"ni enga olmadi. "Emireyts"da barchasi hal bo‘ladi.
Barcha bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

Fikrlar