Bugun futzal bo‘yicha Yevropa chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi
Litva, Latviya hamda Sloveniya parketlarida bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha Yevropa chempionati bugun o‘z yakuniga yetadi. 26 yanvardan buyon davom etib kelayotgan qit’a birinchiligining final va 3-o‘rin uchun o‘tkaziladigan bahslari bugun bo‘lib o‘tadi. Dastlab bronza medallari uchun Frantsiya va Xorvatiya terma jamoalari parketga chiqadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi.
Tunda esa musobaqa g‘olibligi uchun haqiqiy jang bo‘lib o‘tadi. So‘nggi yillardagi Yevropaning ikki gigant terma jamoalari turnir chempionligi uchun parketga chiqadi. Yarim finalda fransuzlardan ustun kelgan Portugaliya terma jamoasi Ispaniya bilan kuch sinashadi.
Final bellashuvi tungi soat 23:30da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar