Bugun G‘aniev va Shukurov jamoalari Qirol kubogida chorak final bahslarini o‘tkazadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Birlashgan Arab Amirliklari Qiroli kubogining chorak finali doirasidagi so‘nggi ikkita bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Ularning birinchisida Aziz G‘aniev to‘p tepayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasi "Xaur-Fankan"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi. 

Ikkinchi o‘yin "Sharja" va "Al-Vasl" klublari o‘rtasida kechadi. Bu uchrashuv bizning vaqt bilan 21:00 da boshlanadi. 

G‘anievning "Shabab Al-Ahli" jamoasi chorak finalning dastlabki bahsida 4:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Shukurov harakat qilayotgan "Sharja" nursiz durang qayd etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!