Asosiy mazmunga oʻtish

Bugun "Humo arena"da xokkey bo‘yicha xalqaro turnir g‘oliblari aniqlanadi

Nurali
Izohlar: 0

“Binokor” yoshlari xalqaro musobaqa g‘olibligiga da’vogarlik qilmoqda

Ayni kunlarda poytaxtimizdagi “Humo arena” muz saroyi xokkey bo‘yicha bolalar o‘rtasidagi xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Bugun ushbu turnirda barcha g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.

2 kun bo‘lib o‘tgan saralash bellashuvlaridan keyin turnir g‘olibligi uchun “Binokor” hamda Latviyaning “Riga” jamoalari to‘qnash keladi. Aynan mana shu ikki jamoa saralash bahslarida eng yaxshi natijani qayd etishdi. “Tashkent siti”, Qirg‘istonning “Alg‘a” va Qozog‘istonning “Qaysar” jamoalari esa uchinchi o‘rin uchun bahs olib borishadi. Bronza medali egalari o‘zaro bellashuvlar o‘tkazilgach, ochkolar soniga qarab aniqlanadi.

Manba: MOQ

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q