
Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilishiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tadi
Xabaringiz bor bundan avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga aylantirildgani haqida xabar bergan edik.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra bugun ushbu vazirlikning tashkil etilishiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tadi. Unda sport jamoatchiligiga yangi vazirlikning rahbariyati tanishtiriladi, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritiladi.
Yig‘ilish O‘zbekiston Milliy akademik drama teatrida soat 15:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Shoakram Isroilov tayinlangan edi.
Fikrlar