Bugun "Katta dubulg‘a" turniri davom ettiriladi. Kun dasturidan 12 ta dzyudochimiz ishtiroki o‘rin olgan

  • 6 mart, 2021, 08:56
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bugun Toshkent "Katta dubulg‘a" turnirining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Erkaklar o‘rtasida -73-81; ayollar o‘rtasida esa -63-70 KG vazn toifasidagi dzyudochilarimiz o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib oladi. 

Tecno

Jumladan, erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida Jaloliddin Boynazarov, Murodjon Yo‘ldoshev, Obidxon No‘’monov va G‘olibjon Sulaymonov kurash olib boradi. -81 kg vaznda Suhrob Tursunov, Sharofiddin Boltaboev, Arslonbek Tojiev va G‘iyosjon Boboev g‘oliblik uchun harakat qiladi. 

Ayollar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida Farangiz Hojieva tatamiga chiqadi. -70 kg vaznda esa Shohista Nazarova, Gulnoza Matniyazova hamda Farangiz Xolmurodova bahsga kirishadi. 

"Katta dubulg‘a" turnirining eng e’tiborli yangiliklarini saytimizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!