Bugun "Nasaf" OFK Kubogi guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi
OFK Kubogida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Qarshining "Nasaf" klubi bugun guruh bosqichi doirasidagi uchinchi o‘yinda maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvda Ro‘ziqul Berdiev shogirdlariga Turkmanistonning "Oltin Asr" klubi raqiblik qiladi.
Guruhda 6 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan "ajdarlar" 4 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan turkman klubi bilan to‘qnashuvda mag‘lubiyatga uchramasa, birinchi o‘rinni olgan holda, pley-offga yo‘llanma oladi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar