Bugun "Nasaf" uchun muhim kun

  • 16.02.2026 08:49
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Elit Osiyo Chempionlar ligasining 8-tur bahslariga start berilmoqda.

Bugun Qarshining "Nasaf" klubi Elit Osiyo Chempionlar ligasining soʻnggi tur bahsida Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" jamoasiga qarshi safar oʻyinida ishtirok etadi. Ushbu jamoalar oʻzaro 2 marta toʻqnash kelgan boʻlib, ustunlik amirliklar klubi tomonida boʻlib turibdi. 2023 yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtgan dastlabki bahsda "Sharja" Qarshidan gʻalaba bilan ortga qaytgan edi 0:1. Ikkinchi oʻyin ham aynan 2023 yilda boʻlib oʻtgan va unda kuchlar teng kelgan edi 1:1. Bu bellashuv "Nasaf" uchun hech narsa bermasa-da, jamoa oʻz muxlislarini xursand qilish uchun maydonga chiqib, gʻalaba uchun kurashadi. Qarshiliklar ortda qolgan 7 tur natijalariga koʻra, 1 ochko bilan eng soʻnggi pogʻonani egalab turibdi. BAA klubi esa 8 ochko bilan 9-oʻrindan joy olgan.

Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!