Bugun Parij “Katta Dubulg‘a” turnirida ikki dzyudochimiz tatamiga chiqadi

  • 1 fevral, 11:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Dzyudo
BEPUL PROPAN

Bugun Frantsiya poytaxti Parij shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yangi mavsumning ilk musobaqasi start oladi. 

Mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu turnirda sayyoramizning 4 qit’asi roppa-rosa 50 davlatidan jami 298 (164 erkak, 134 ayol) nafar dzyudochi medallar uchun tatamiga chiqadi. Yurtimiz sport sharafini Bahrom Boturov (-60 kg), Shahram Ahadov (-73 kg) va O‘tkirbek To‘raboev (+100 kg) himoya qiladi. 

Bugun ulardan ikki nafari Bahrom Baturov va tajribali Shahram Ahadov bahslarga kirishadi. Saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi. 

Dzyudochilarimiz uchun Qur’a natijalari:

-60 kg: Bahrom Boturov - Huseyn Allahyarov 

-73 kg: Shahram Ahadov - Hong Nin Mak (Gonkong)/Jerom Zelman (Kot-dʻIvuar)

+100 kg: O‘tkirbek To‘raboev - Amadu Meyte (Frantsiya)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!