Bugun qanday o‘yinlar bor?

Ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi bois ko‘plab chempionatlar to‘xtatib qo‘yilgan. Shunday bo‘lsada, bir qator mamlakatlarda hamon futbol uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Avstraliya A Ligasida bugun bitta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Toshkent  vaqti bilan soat 13:30 da muxlislar "Nyukasl Jets" - "Melburn Siti" bellashuviga guvoh bo‘lishadi. Mazkur bahs "Match TV" orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek Ekaterinburgda davom etayotgan shaxmat bo‘yicha "Challenger" musobaqasida 4 ta qarama-qarshilik bo‘lib o‘tadi. 

Aleksandr Grishuk (Rossiya) - Fabiano Karuano (AQSh)

Yan Nepomnyashiy (Rossiya) - Din Lijen (Xitoy)

Kirill Alekseenko (Rossiya) - Anish Giri (Gollandiya)

Van Xao (Xitoy) - Maksim Vashe-Lagrav (Frantsiya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!