
Bugun Rossiya premer-ligasida o‘zbek derbisi bo‘ladi(mi)?
Bugun Rossiya premer-ligasining 20-turida "Tosno" klubi o‘z maydonida Moskvaning "Lokomotiv" jamoasini qabul qiladi.
E’tiborlisi, har ikkala jamoada ham o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surishadi. Vagiz Galiulin "Tosno" sharafini himoya qilsa, Vitaliy Denisov "Lokomotiv" a’zosi hisoblanadi. Agar, ikkala jamoa murabbiylari hamyurtlarimizga ishonch bildirishsa, biz bugun o‘zbekistonlik futbolchilar o‘rtasida ajoyib qarama-qarshilikka guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30da Sankt-Peterburgdagi "Petrovskiy"stadionida boshlanadi.
Fikrlar