Bugun Superliga 7-turi davom ettiriladi. Kun dasturidan 3 ta uchrashuv o‘rin olgan

CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Superligasi 7-tur bahslari davom ettiriladi. Kun davomida milliy chempionatimiz ixlosmandlari 3 ta qiziqarli o‘yin guvohiga aylanishlari mumkin. 

Tecno

"Mash’al" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qiladi. Vodiy derbisi maqomidagi bellashuvda "Andijon" "Qo‘qon-1912" bilan kuch sinashadi. Mazkur ikki to‘qnashuv ham 17:00 da boshlanadi. 

Kunning so‘nggi qarama-qarshiligi Bekobodda "Metallurg" hamda "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasida kechadi. Ushbu bahs 19:00 da start olishi belgilangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!