
Bugun Superligada 19-tur boshlanadi
Qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng yana Superliga uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, bugun chempionatning 19-turiga start beriladi.
Shu kuni “Andijon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni, “Buxoro” esa “Surxon”ni qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, "So‘g‘diyona" ayni damda 30 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Hisobida 25 ochko mavjud bo‘lgan "Surxon" esa 7-o‘rindan joy olgan. "Andijon" esa 13-o‘rinda, "Buxoro" 14-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar
Шошилмасдан клублар номланишини бузмасдан чиройли килиб ёзилса мухлислар хам асабийлашмасди.
Уят эмасми админлар тугрилаб куйинглар-е.