Bugun Superligada 4-turga yakun yasaladi. Debyutant "Turon" Qarshida "Nasaf"ga qarshi o‘ynaydi, sobiq chempion "Lokomotiv" esa Toshkentda "Qizilqum"ni sinovdan o‘tkazadi

  • 3 aprel, 2021, 01:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 4-tur uchrashuvlariga yakun yasaladi. Turning so‘nggi ikki bellashuvi Toshkent va Qarshida bo‘ladi.

Tecno

Dastlab, soat 16:15 da “Lokomotiv” hamda “Qizilqum” jamoalari bahsi boshlansa, soat 18:30 da “Nasaf” hamda “Turon” uchrashuviga start beriladi.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” 3 ta turda 1 ochko to‘plagan holda 13-o‘rinda, “Turon” esa xuddi shuncha ochko bilan so‘nggi 14-pog‘onada bormoqda. “Qizilqum” hisobida 5 ochko bor va navoiyliklar turnir jadvalida 6-o‘rinni band qilgan. “Nasaf” 2 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!