Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Bugun tennischilarimiz Shvetsiyada kortga chiqadi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Ular Marius Ruzgas hamda Leevi Saatela juftligiga qarshi bahs olib boradi.

Tennis bo‘yicha terma jamoamiz vakillari xalqaro turnirlarda ishtirok etishda davom etmoqda.

Bugun "ITF Sweden F4" turnirining juftlik bahslarida ikki vakilimiz kortga chiqadi. Musobaqaning 4-tartib raqam ostida saralangan Sergey Fomin - Sanjar Fayziev tandemi 1/8 final bosqichi doirasida Marius Ruzgas hamda Leevi Saatela juftligiga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Fomin aynan shu turnirning yakkalik bellashuvlarida Vasil Kirkovga mag‘lub bo‘lgandi. Fayziev esa, Valentin Royerga imkoniyatni boy bergan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q