Bugun UEFA Millatlar ligasiga qur’a tashlanadi
Bryussel shahrida UEFA Millatlar ligasi 2026/27 mavsumining umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada qatnashadigan UEFAga a’zo 54 ta terma jamoa to‘rtta ligaga taqsimlangan (bunda 2026 yil mart oyidagi C va D ligalari o‘rtasidagi pley-off o‘yinlari inobatga olinadi).
Format qanday bo‘ladi?
A, B va C ligalarida: 4 ta jamoadan iborat 4 ta guruh shakllantiriladi. Har bir terma jamoa o‘z guruhida jami 6 ta o‘yin (uyda va safarda) o‘tkazadi.
D ligasida: 3 ta jamoadan iborat 2 ta guruh tuziladi. Ushbu liga vakillari jami 4 ta o‘yin (uyda va safarda) o‘tkazishadi.
Fikrlar