
Bugun Ukrainadagi musobaqada 5 nafar bokschimiz jang qiladi
Xabaringiz bor, Ukrainaning Krivoy Rog shahrida boks bo‘yicha O.V.Asaulenka xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir davom etmoqda.
Kun davomida besh nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan:
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Timur Boboshko (Ukraina)
-57 kg: Xurshidbek Rasuljonov - Oliksey Kozelyok (Ukraina)
-63 kg: Shunqor Abdurasulov - Roman Boyko (Ukraina)
-69 kg: Jahongir Rahmonov - Igor Grishenko (Ukraina)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Ruslan Musaev (Ukraina)
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 15:00dan so‘ng boshlanadi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar