Bugun Yaxshiboev gol uradimi?

  • 06.08.2020 13:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Belarus chempionatining 21-tur uchrashuvlari boshlanmoqda. Musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilayotgan “Shaxtyor” bugun o‘z maydonida chempionatning o‘rtamiyona jamoalaridan hisoblangan “Dinamo-Brest”ga qarshi o‘ynaydi.

O‘zbekistonlik futbol muxlislari soligorsliklarning etakchi futbolchisiga aylanib olgan Jasur Yaxshiboevdan navbatdagi golni kutmoqda. Ayni paytgacha 12 ta to‘p kiritgan yosh futbolchimiz to‘purarlar bahsida birinchi o‘rinda bormoqda.  

Jasur 12 ta goldan 9 tasini sobiq jamoasi “Energetik-BGU” tarkibida, yana uchtasini “Shaxtyor” safida urgan.

“Shaxtyor” -  “Dinamo-Brest” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!