
Bugun Yo‘ldoshev, Erkinov, Rahmonaliev va yana bir qator legionerlarimizning jamoalari o‘ynaydi
Bugun bir qator legionerlarimiz jamoalarining ichki chempionat doirasida o‘yinlari bor.
Rossiya.
Rossiya premer-ligasining 23-turi dorasida Ibrohimhalil Yo‘ldoshev harakat qilayotgan "Nijniy Novgorod" safarda "Dinamo" bilan bahs olib boradi. Ushbu o‘yin 16:00da start oladi.
Bundan tashqari himoyachimiz Hojimat Erkinov o‘ynayotgan "Torpedo" o‘z uyida "Spartak"ni qabul qiladi va bu uchrashuv start hushtagi 21:00da start oladi.
Shu bilan birga, Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev harakat qiladigan "Rubin" MFLning 27-turi doirasida "Shinnik" bilan o‘ynaydi va bu o‘yin 18:00ga mo‘ljallangan.
Belarus.
Belarus oliy ligasining 4-turi doirasida Shahzod Ubaydullaevning jamoasi "Shaxtyor" "Gomel"ni qabul qiladi. Bu o‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00ga mo‘ljallangan.
Eron.
Eron Pro-ligasining 26-turida ikki legioner futbolchimiz jamoalari bir-biriga qarshi o‘ynaydi. Hujumchimiz Sherzod Temirov to‘p tepadigan "Paykon" jamoasi o‘z uyida Sharof Muhitdinovning klubi - "Sanat Naft" bilan bahs olib boradi. Bu o‘yin hushtagi 21:00da chalinadi.
Fikrlar