
Bugungi mag‘lubiyatda menejerning aybi bormi yoki yo‘q? "Surxon" murabbiyi javob berdi
O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Dinamo" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda nominal mehmonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvdan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "uchar tulporlar" yordamchi murabbiyi Karlos Ximenesning fikrlari bilan tanishib chiqing:
"Biz o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Taktik tomondan rejalar tuzib chiqqandik. Hozir ahvolimizni o‘ylab o‘tiradigan vaqt emas. Biz bugun bitta finalni "Dinamo"ga boy berib qo‘ydik.
- Bosh murabbiy nima sababdan matbuot anjumanida ishtirok etmadi?
- Afsuski, izohsiz...
- Murabbiylar oxirgi o‘yinlarda g‘alaba qozonsa, menejerni ham ta’kidlab o‘tishayotgandi. Bugungi mag‘lubiyatda menejer Hamidjon Aktamovning qanchalik hissasi bor?
- Aktamov bizga keyingi finalga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerakligini aytdi. Sababi, Superligada hamon xavfli zonadan chiqib ketganimiz yo‘q.
O‘yinga taktik tomonlama yaxshi tayyorlangan edik. Ammo "Dinamo" yaxshiroq o‘ynadi va haqli g‘alabani qo‘lga kiritdi", - dedi yordamchi murabbiy.
Fikrlar