Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng guruhimizda vaziyat qanday tus oldi?
Xabaringiz bor bugun JCh-2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Saudiya Arabistonini qabul qildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Vadim Abramov shogirdlari hisobida 6 ochko mavjud va ular musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turishibdi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz o‘zining kelasi uchrashuvini 19 noyabr kuni Toshkentda Falastin terma jamoasiga qarshi olib boradi.



Fikrlar