Bunaqa o‘yindan keyin ekspertlar Husanovning reytingini ko‘tardi!
“Manchester Siti” futbolchilari Angliya kubogi musobaqasining yarim finalida ishtirok etadigan bo‘ldi va Liga kubogini qo‘lga kiritganidan keyin yana bir sovringa yaqinlashdi.
Chorak finalda “shaharliklar” kuchli raqib – Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi. Bu natija biroz kutilmagan bo‘ldi. Ammo shu kuni manchesterliklarni to‘xtatib bo‘lmadi.
Nufuzli manba – esteemedkompany.com portali ekspertlari “Manchester Siti” futbolchilarining o‘yinini quyidagicha baholadi.
Jeyms Trafford — 8,5/10:
Darvozabon Trafford yana bir ajoyib o‘yin namoyish etdi. U bir nechta ta’sirli seyvlar qildi va Muhammad Salohning penaltisini ham qaytardi.
Mateush Nun’yesh — 6,5/10:
Bu gal o‘ng himoyachi pozitsiyasida Mateush Nun’yesh o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish qildi deb bo‘lmaydi.
Abduqodir Husanov — 7,5/10:
Himoyada o‘z vazifasini a’lo darajada bajardi va endi shu paytdan boshlab, “Manchester Siti”ning asosiy tarkibidagi joyini yana bir bor “mixladi”. Mustahkam himoyalanish barobarida jamoasining hujumlarini boshlashda ham jonbozlik ko‘rsatdi.
Mark Gehi — 7,5/10:
Gexining o‘yini ajoyib bo‘ldi.
Niko O'Rayli — 8,5/10:
O'Raylidan yana bir sifatli o‘yin. U golli pas berdi, to‘p bilan va himoyadagi harakatlari juda yaxshi bo‘ldi.
Rodri — 8,5/10:
Rodridan o‘ziga yarashadigan zo‘r o‘yin. U yarim himoyada o‘yinni nazorat qildi va bir soatdan keyin almashtirildi.
Bernardu Silva — 8,5/10:
Bernardu o‘zini haqiqiy sardor sifatida ko‘rsatdi. U bugungi o‘yin davomida jamoasiga temp berib turdi.
Antuan Semen’yo — 9/10:
O‘ng qanotda Semen’yoning juda ishonchli harakat qildi. U gol urdi va golli pas berdi, shu bilan “Manchester Siti” tarkibida qaysi pozitsiyada eng yaxshi o‘ynashini ko‘rsatgandek bo‘ldi.
Rayan Sherki — 8,5/10:
Dastlabki 20 daqiqada Rayan Sherkida o‘yin chiqmayotgandek edi. Keyin u jonlandi. U “Manchester Siti”ning ikkinchi golida muhim rol o‘ynadi va Semen’yoning goliga assist berdi. Sherkidan yana bir yaxshi o‘yin.
Jeremi Doku — 7,5/10:
Bel’giyalik vinger o‘yinni sekin boshladi, ammo keyin asta-sekin ritmga kirdi. Uning tezligi va driblingi “Liverpul” himoyasi uchun 60-daqiqada almashtirilgunga qadar doimiy xavf tug‘dirdi.
Erling Xoland — 10/10:
Xolanddan ajoyib xet-trik va umuman olganda o‘yini ham juda yuqori darajada bo‘ldi. U hujumlarni a’lo darajada yakunladi va bir nechta xavfli yurishlar qildi, bu uning hal qiluvchi o‘yinlar oldidan yaxshi formada ekanini ko‘rsatdi.
Niko — 6/10:
U yarim himoyada o‘z ishini bajardi, ammo maydonga tushganidan keyin katta ta’sir ko‘rsata olmadi.
Savio — 6/10:
Zaxiradan tushgan braziliyalik vinger bir nechta kuchli yurishlar qildi.
Fikrlar