
Bunaqasi bo‘lmagan: Ronaldu bir o‘yinda ikki jahon rekordi ikki martadan yangiladi
40 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasida Portugaliya terma jamoasining Armaniston bilan bo‘lgan uchrashuvida dubl qayd etdi.
Qizig‘i shundaki, Armanistondagi bellashuvda raqib darvozasiga javobsiz beshta golning barchasini Saudiya Arabistoni chempionatida o‘ynayotgan portugaliyalik yulduzlar kiritdi.
Xususan, “An-Nasr” yulduzlari – Krishtianu Ronaldu va Joau Feliks ikkita to‘p kiritgan bo‘lsa, “Al-Hilol” o‘yinchisi Joau Kanselu ham aniq zarba bilan o‘z nomini gol muallifi sifatida yozdirib qo‘ydi.
E’tiborli jihati, Ronalduning har ikki goli yangi rekord sifatida qayd etildi. 21-daqiqada urilgan gol Krishtianu uchun terma jamoadagi 139 va faoliyatidagi 941-gol bo‘lib, yangi rekord sifatida qayd etildi.
Ikkinchi bo‘lib boshlanishi bilan Ronaldu mezbonlar darvozasini yana ishg‘ol qildi. Shu tariqa, 40 yoshli yulduz xalqaro miqyosdagi gollari sonini 140 ta va professional faoliyati davomidagi rasmiy uchrashuvlarda kiritgan to‘plari sonini 942 taga etkazib, o‘zining ikki rekordini bir o‘yinda yana ikki marta yangiladi.
Fikrlar