Bunaqasi boshqa bo‘lmaydi: “Real” darvozaboniga juda zo‘r ish chiqdi!

  • 8 iyul, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum Tibo Kurtuaning og‘ir jarohati tufayli “Real”ning asosiy darvozaboniga aylangan Andrey Lunin endi zaxira o‘rindig‘iga qaytmoqchi emas.

Tecno

Ukrainalik golkiper “Qirollik klubi”dan ketib, boshqa klubda birinchi raqamli darvozabon vazifasini bajarishga tayyorligini bildirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Xosep Gvardiola Luninni “Manchester Siti”ga olib kelmoqchi. “Shaharliklar” Saudiya Arabistoniga ketishga yaqin turgan Edersonga munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Braziliyalik futboli o‘rnini aynan Lunin bosishi mumkin.

25 yoshli Lunin yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 31 marotaba maydonga tushdi va shu bellashuvlarning 12 tasini darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Madridliklar bilan yana bir yillik shartnomasi qolgan darvozabon Transfermarkt portali tomonidan 25 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!