Bundan yomini bo‘lmagandi: Braziliya Jahon chempionatida o‘z antirekordini o‘rnatdi

  • 06.07.2026 03:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasi jahon chempionatida 1/8 final bosqichida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. Qiziqi shundaki, ushbu bahsda braziliyaliklar to‘pni jami o‘yin vaqtining atigi 34 foizi davomida nazorat qilgan.

Opta statistika markazi mutaxassislarining ta'kidlashicha, bu ko‘rsatkich jahon chempionatlari tarixida Braziliya termasi uchun eng past to‘p nazorati sifatida qayd etildi. Mazkur statistika 1966 yildan buyon yuritib kelinadi.

Bundan oldin Braziliya terma jamoasining antirekordi 1998 yildagi jahon chempionatida Niderlandiyaga qarshi o‘yinda qayd etilgan edi. O‘sha bahsda jamoa to‘pni 40 foiz vaqt davomida nazorat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi 1990 yildan beri birinchi marta jahon chempionatini 1/8 final bosqichidayoq tark etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!