
Bundesliga. "Bavariya" o‘z maydonida ochko yo‘qotdi
Bundesliga 28-turidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Xoffenxaym" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, Benjamin Pavar 17-daqiqada hisobni ochdi. 71-daqiqada Kramarich jarimadan gol urib, muvozanatni tikladi.
Durangdan qat’i nazar, "Bavariya" 59 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda.
Fikrlar