
Bundesliga. "Bavariya" safarda mag‘lubiyatga uchradi
Bundesliganing 21-turidan o‘rin olgan "Borussiya Myunxengladbax" - "Bavariya" uchrashuvi mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinning 8-daqiqasida Upamekano qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan Daniel Fark shogirdlari tashshabusni o‘z qo‘liga oldi va raqibini 3 marta jazoladi. Ushbu gollarga Myunxenliklardan Shupo-Moting va Tel javob qaytardi.
Shu tariqa, "Bavariya" qimmatli ochkoni qo‘ldan boy berdi. endi klub turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan "Union Berlin"ga peshqadamlikni topshirishi mumkin. Oradagi farq bir ochko.
Fikrlar