Bundesliga. "Bavariya" "Xoffenxaym"ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Keyndan dubl, Diasdan xet-trik
Germaniya chempionatining 21-turi doirasida "Bavariya" o‘z maydonida "Xoffenxaym"ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuv Myunxen shahridagi "Alyants Arena" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Hisob 20-daqiqada ochildi. Harri Keyn 11 metrlik jarima zarbasini aniq bajardi. Penalti Kevin Akpoguma qoidabuzarligi uchun tayinlandi va u qizil kartochka oldi. 35-daqiqada Andrey Kramarich javob golini urdi.
45-daqiqada Keyn yana penalti dan gol kiritib, dub l qayd etdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada esa u Luis Diasga gol li uzatmani amalga oshirdi.
62-daqiqada Dias o‘zining ikkinchi golini urdi, 89-daqiqada esa xet-trik rasmiylashtirdi.
- Germaniya - Bundesliga
- Joriy Mavsum
Bavariya
- Harry Kane 20'
- Harry Kane 45'
- Luis Díaz 45'
- Luis Díaz 62'
- Luis Díaz 89'
Tugadi
5
:
1
08.02.2026 21:30
Hoffenhaym
- Andrej Kramaric 35'
Fikrlar