
Bundesliga. "Borussiya" "Ayntraxt" ustidan irodali tarzda g‘alaba qozondi
Bundesliganing 26-turidan o‘rin olgan "Borussiya" - "Ayntraxt" uchrashuvida mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Gyottse hisobni ochgan bo‘lsa, Adeyemi javob qaytardi. So‘nggi daqiqalarda esa Xummels va Jan bittadan gol urib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.
Shu tariqa, dortmundliklar 50 ochko bilan 4-o‘rin, "Ayntraxt" bo‘lsa 40 ochko to‘plagan holda 6-pog‘onaga joylashdi.
"Borussiya" 3:1 "Ayntraxt"
Fikrlar